DSP nima?
DSP — bu bolaning harakatlanishi, mushaklari, muvozanati va ba’zan nutq rivojlanishiga ta’sir qiluvchi nevrologik holatdir. Ko‘pincha u homiladorlik davri, tug‘ruq payti yoki hayotning ilk oylarida miya zararlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Muhim jihati shundaki, DSP har bir bolada turlicha namoyon bo‘ladi. Ayrim bolalarda faqat yengil harakat qiyinchiligi bo‘lsa, boshqalarida o‘tirish, yurish, qo‘l harakati yoki nutqda sezilarli qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin.
DSPning ilk belgilariga nimalar kiradi?
Ota-onalar quyidagi holatlarga e’tibor berishlari kerak. Har bir belgi alohida o‘zini o‘zi tasdiqlamaydi, lekin bir nechtasi birga kuzatilsa — bolalar nevrologi ko‘rigi uchun sabab bo‘ladi.
- ✓boshini kech ushlashi;
- ✓o‘tirish yoki emaklashning kechikishi;
- ✓bir qo‘l yoki bir oyoqni kam ishlatishi;
- ✓mushaklarning juda tarang yoki juda bo‘sh bo‘lishi;
- ✓oyoqlarni chalishtirib turishi;
- ✓muvozanatning sustligi;
- ✓yurishning kechikishi yoki g‘ayrioddiy yurish;
- ✓nutq va yutishda qiyinchiliklar.
DSPda rivojlantirish mumkinmi?
Zamonaviy reabilitatsiya usullari yordamida ko‘plab bolalarda sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish mumkin. Ayniqsa erta boshlangan va muntazam olib borilgan mashg‘ulotlar:
- ✓mushaklar harakatini yaxshilashi,
- ✓o‘tirish va turishni mustahkamlashi,
- ✓yurish ko‘nikmalarini rivojlantirishi,
- ✓qo‘l harakatlarini faollashtirishi,
- ✓nutq va muloqotni qo‘llab-quvvatlashi,
- ✓kundalik mustaqil faoliyatni oshirishi mumkin.
Shaxzod Medical’da DSP bilan qanday ishlaymiz?
Shaxzod Medical klinikasida DSP va boshqa nevrologik rivojlanish muammolari bo‘lgan bolalar uchun kompleks reabilitatsiya yondashuvi qo‘llaniladi. Bolalar bilan:
- ✓bolalar nevrologi,
- ✓LFK va reabilitatsiya mutaxassislari,
- ✓logoped,
- ✓rivojlantiruvchi mutaxassislar birgalikda ishlaydi.
Ota-onalar kuzatayotgan ijobiy o‘zgarishlar
Klinikamizda muntazam reabilitatsiya olayotgan ko‘plab bolalarda quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda:
- ✓boshni barqarorroq ushlash,
- ✓mustaqil o‘tirishning yaxshilanishi,
- ✓qo‘l va oyoq harakatlarining faollashishi,
- ✓muvozanatning ortishi,
- ✓yurishdagi o‘zgarishlar,
- ✓muloqot va nutq faolligining oshishi.
Xulosa
DSP — bu bolaning imkoniyatlari tugadi degani emas. Eng muhim qadamlar: belgilarni erta payqash, bolalar nevrologiga murojaat qilish, individual reabilitatsiya rejasini boshlash va ota-ona hamda mutaxassislarning birgalikdagi muntazam ishlashidir.
Agar farzandingizda harakatning kechikishi, mushak tarangligi, o‘tirish yoki yurish bilan bog‘liq qiyinchiliklar kuzatilsa, Shaxzod Medical mutaxassislari bilan maslahatlashib, erta baholash va reabilitatsiyani boshlashingiz mumkin.
Ota-onalar ko‘p so‘raydi
DSP qanday tashxis qo‘yiladi?
Tashxis faqat bitta tekshiruv bilan emas, majmuaviy tarzda qo‘yiladi: homiladorlik va tug‘ruq tarixi, nevrologik ko‘rik, mushak tonusi va reflekslarni baholash, rivojlanish shkalalari. Zarur bo‘lsa bosh miya MRT, EEG, NSG, ko‘ruv va eshitish tekshiruvi tayinlanadi.
DSP butunlay davolanadimi?
DSPni butunlay yo‘qotib yuborish mumkin emas, chunki bu miyaning erta davrdagi zararlanishi bilan bog‘liq holat. Lekin uning oqibatlarini sezilarli darajada yengillashtirish mumkin. Reabilitatsiyaning maqsadi — harakat, nutq va kundalik ko‘nikmalarni yaxshilash, mushaklarni mustahkamlash va kontrakturalar oldini olish.
Reabilitatsiyani qachon boshlash kerak?
Imkon qadar erta. Odatda og‘ish belgilari sezilishi bilan, ko‘pincha 1–2 yoshdan boshlab boshlash mumkin. Erta boshlangan reabilitatsiya miya plastikligi yuqori bo‘lgan davrda o‘tkaziladi va natija shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Toshkentda qayerda murojaat qilsa bo‘ladi?
Shaxzod Medical — Toshkent sh., Yunusobod tumani, Dehqonobod ko‘chasi 5A. Qabulga yozilish: +998 55 503 03 05. Konsultatsiya pullik, operatorlardan ma’lumot olish bepul.
Saytdagi ma’lumot umumiy ma’lumot xarakteriga ega va shifokor maslahatining o‘rnini bosmaydi.
Boshqa maqolalar