Asosiy kontentga o‘tish
Shaxzod MedicalSHAXZODMEDICAL

Autizm: ilk belgilar, rivojlanish imkoniyatlari va erta yordamning ahamiyati

Autizm (ASD) — bu bolaning nutqi, muloqoti, xulq-atvori va atrofdagilar bilan aloqasiga ta’sir qiluvchi neyrorivojlanish holatidir. Har bir bolada u turlicha namoyon bo‘ladi: ayrim bolalarda nutq kechikadi, boshqalarida esa ijtimoiy muloqot va xatti-harakatlarda qiyinchiliklar kuzatiladi.

2026-08-12 · 8 daqiqa o‘qish

Autizmning ilk belgilariga nimalar kiradi

Quyidagi belgilar ota-onaning e’tiborini tortishi kerak. Ular autizmni aniq tasdiqlamaydi, biroq bolani bolalar nevrologi va logoped tomonidan baholatish uchun muhim sabab hisoblanadi.

  • Ismiga kam javob berishi yoki umuman javoz bermasligi
  • Ko‘zga kam qarashi yoki muloqotda ko‘z aloqasini qochirishi
  • Gapning kechikishi yoki so‘zlarning kamayishi
  • Bir xil harakatlarni takrorlashi (qo‘l silkitish, sakrash va boshqalar)
  • O‘yinchoqlarni noodatiy tarzda o‘ynashi (masalan, faqat aylanmasini qarashi)
  • Boshqalar bilan o‘ynashga qiziqmasligi va yolg‘iz o‘ynashni afzal ko‘rishi
  • Baland ovoz, yorug‘lik yoki teginishga kuchli reaksiya qilishi

Erta yordam nima uchun muhim

Bolaning miyasi ayniqsa dastlabki yillarda juda faol rivojlanadi. Shu sababli 2–5 yosh oralig‘ida boshlangan kompleks yondashuv ko‘plab bolalarda ijobiy o‘zgarishlarga yordam beradi.

Muntazam va individual mashg‘ulotlar orqali nutq va muloqot yaxshilanishi, ko‘z qarashi va e’tibor ortishi, ijtimoiy qiziqish kuchayishi, xulqdagi qiyinchiliklar kamayishi, bog‘cha va maktabga moslashish osonlashishi va mustaqil ko‘nikmalar rivojlanishi mumkin.

Har bir bolaning rivojlanish sur’ati individual bo‘lsa-da, erta va muntazam yordam eng muhim omillardan biri hisoblanadi.

Shaxzod Medical’da qanday yordam ko‘rsatiladi

Shaxzod Medical klinikasida autizm, nutq kechikishi, ZPRR va boshqa neyrorivojlanish holatlari bilan kelgan bolalar uchun kompleks yondashuv qo‘llaniladi. Bolalar bolalar nevrologi, logoped, rivojlantiruvchi mutaxassislar va reabilitatsiya yo‘nalishidagi mutaxassislar bilan birgalikda ishlaydi.

Har bir bola avvalo individual baholanadi va uning ehtiyojiga mos rivojlantirish rejasi tuziladi. Stationar (yotib) va ambulator (qatnab) davolash sharoiti mavjud.

Ota-onalar kuzatayotgan ijobiy o‘zgarishlar

Klinikamizga erta murojaat qilgan bolalarda ko‘pincha quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda: ismiga yaxshiroq javoz berishi, ko‘z qarashining ortishi, yangi so‘zlar paydo bo‘lishi, muloqotga qiziqishning oshishi, xulqdagi qiyinchiliklarning kamayishi.

Natijalar har bir bolada turlicha bo‘ladi, ammo ota-ona va mutaxassislarning birgalikdagi muntazam ishlashi yaxshi rivojlanish uchun muhim asos yaratadi.

Xulosa

Autizmni erta payqash va vaqtida mutaxassisga murojaat qilish bolaning rivojlanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Eng muhimi — muammoni inkor etmaslik, bolani boshqalar bilan solishtirmaslik va ilmiy asoslangan yondashuvni tanlashdir.

Agar farzandingizda nutq kechikishi, muloqotdagi qiyinchiliklar yoki autizmga o‘xshash belgilar kuzatilsa, Shaxzod Medical mutaxassislari bilan maslahatlashib, erta baholash va individual rivojlantirish rejasini boshlashingiz mumkin.

Ota-onalar ko‘p so‘raydi

Autizmni davolash mumkinmi?

Autizmni butunlay davolash mumkin emas, chunki bu rivojlanish xususiyati. Lekin erta va muntazam korreksiya bilan bola nutqi, muloqoti, e’tibori va mustaqilligi sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin.

Qabulga qanday yozilish mumkin?

Saytdagi qisqa formani to‘ldiring yoki +998 55 503 03 05 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Manzil: Toshkent, Yunusobod tumani, Dehqonobod ko‘chasi 5A.

Necha yoshdan boshlab korreksion mashg‘ulotlarni boshlash mumkin?

Mashg‘ulotlarni 1,5–2 yoshdan boshlash mumkin. Qanchalik erta boshlansa, miya shunchalik moslashuvchan bo‘ladi va natija shunchalik yaxshi bo‘ladi.

Saytdagi ma’lumot umumiy ma’lumot xarakteriga ega va shifokor maslahatining o‘rnini bosmaydi.

Boshqa maqolalar

Qabulga yozilish

Farzandingiz rivojlanishida shubhangiz bormi?

Kutib o‘tirmang. Qisqa formani to‘ldiring — administratorimiz bugun siz bilan bog‘lanadi.

Yuborish orqali siz bog‘lanishga rozilik bildirasiz.